Xalqaro ta’lim administratorlari uyushmasi(AIEA)ning 2024-yildagi Konferensiyasi


AQSHning Vashington shahrida o'tkazilayotgan Xalqaro ta’lim administratorlari uyushmasi(AIEA)ning 2024-yildagi Konferensiyasida institutimiz rektori O'.Salomov Pensilvaniya davlat universiteti vakillari Sabina C.Klahr va Vlad Likholetov bilan universitetlarimizaro ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida o‘zaro samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, endilikda FarPI talabalarida Pensilvaniya davlat universitetining World Campusiga tegishli EDGE programmasida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, ushbu universitet tomonidan AQShning chet el talabalari va ilmiy izlanuvchilari uchun mo‘ljallangan Humphrey, Fulbright, Study Abroad dasturlari doirasida institutimiz bilan hamkorlikda ishlash taklif etildi.

Shuningdek uchrashuv davomida Pensilvaniya davlat universiteti va Farg‘ona politexnika instituti olimlarining "harajat-tadqiqot-mahsulot" tamoyili asosida qo‘shma loyihalar tanlovini tashkil etish, innovatsion faoliyatda o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti