Institutimiz 1-gallareyasida "Xalqaro va respublika grandlari uchun birinchi qadam" mavzusidagi vebinar bo'lib o'tdi


Avval xabar berganimizdek, bugun institutimiz 1-gallareyasida "Xalqaro va respublika grandlari uchun birinchi qadam" mavzusidagi vebinar bo'lib o'tdi. 

Mazkur vebinarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish shoʻbasi mudiri O‘ktamjon Qodirov, Innovatsion rivojlanish shoʻbasi yetakchi mutaxassisi  Artur Axmadjanov, O'zbekiston Respublikasi Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi o'quv kurslarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassi Sherali Meliyev, institut 1-prorektori Sh. Dehkanov va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar mutaxassislardan yurtizimizdagi turli xil tanlovlar va boshqa koʻplab start up va grandlarga qanday tayyorgarlik koʻrish va gʻoliblar safidan oʻrin egallash sirlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti