Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani O.T.Nurmatov Kimyogar MFY hamda Ma'daniyat MFYlarda ijara asosida istiqomat qiluvchi fakultet talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishib talabalar bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida talabalarga tabiiy gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalanish, yong'in xavfsizligi va yo'l harakati qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish to'g'risida tushintirish ishlari olib borildi. Talabalarga institutimizda ular uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, bo'sh vaqtlarida kitob o'qishlari, tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishlarini aytib, vazirlik va institut tomonidan e'lon qilinayotgan tanlovlarda o'z loyihalari bilan faol ishtirok etishi bo'yicha suhbatlashib amaliy tavsiyalar berib o'tdi