Institutning Energetika fakulteti talabalari uchun amaliy ekskursiya tashkillandi


Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti va "Farg'ona kasbga o'qitish markazi" bilan hamkorlikda Energetika fakulteti 30.34-21 guruh talabalari uchun ushbu markazga amaliy eksursiya tashkillandi. 

Mazkur markazda talabalar Koreya texnologiyasi asosida qurilgan va jihozlangan texnoparklar bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda Elektr montaj laboratoriya xonalarida o'zlarini qiziqtirgan va  o'rgangan sxemalari asosida elektr sxemalarini yig'ib ko'rdilar.

Shuningdek, talabalar olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish jarayonlarida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirdilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti