Talabalar turar joyidagi holat o'rganildi


Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektori Sherzod Dehkanov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar oldi.

Dastlab, talabalar bilan ochiq va samimiy suhbatlar olib bordi hamda tunda "Qalqon" guruhi a'zolari faoliyatini o'rganib, ularga tegishli maslahatlar berdi.

Shuningdek,  "Nishon" nomli bahs-munozaralarga boy bo'lgan, qiziqarli hamda teran fikrlashga undovchi jamoaviy o'yinni  bir guruh faol talabalar bilan birgalikda o'ynadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti