Kuni kecha institutda “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi


Kunicha Farg'ona politexnika institutida Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

Mazkur ochiq muloqotda Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘limi boshlig‘i, kapitan  Jahongir Dadajonov, institut profilaktik inspektori  X.Xomidov, sirtqi bo‘lim boshlig‘i X.Erkaboyevlar ishtirok etdi. 

Muloqot davomida J.Dadajonov talabalarga kelajagimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilish zarurligini ta'kidlab o'tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti