Joriy yilning 23-fevral kuni ADM GLOBAL tashkilotiga qarashli ADM ELECTRICS korxonasi vakillari Farg'ona politexnika instituti talabalari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda Energetika va Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti bitiruvchilari talabalari korxona haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.
Shuningdek, korxona hamda institut o'rtasida manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda talabalarning stajirovka, malakaviy amaliyot o'tashlari uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga kelishib olishdi.