Institutda “Mening sevimli kitobim” nomli tanlovi o'tkazildi


Bugun Farg'ona politexnika institutida  talaba-yoshlarni birlashtirish hamda ular orasida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, talaba-qizlarning dunyoqarashlarini o‘stirish, ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida, “Mening sevimli kitobim”  tanlovi  o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyeva, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi a'zosi, shoira Farida Anis, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i  B. Saydaxmedovlar tanlov g'oliblarini aniqlashdi.

Tanlovda 1-o‘rin Mexanika-mashinasozlik fakulteti E18-21 TMJ guruh talabasi Dilrabo Qambarova, 2-o‘rin Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 108-23 YSBKIT guruh talabasi Iqboloy Xaydarova,3- o‘rin Kimyo-texnologiya fakulteti 75-21 OOT guruh talabasi Mohidilxon Abduvaliyeva  g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti