Bugun Farg'ona politexnika institutining 1-galereyasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida, seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda Mexanika-mashinasozlik fakulteti dekani O.Nazarmatov “O‘zbekiston-2023” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni mazmun-mohiyatini kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, talabalar “Yoshlar ittifoqi” a’zolari, guruh sardorlari tushuntirib berdi.
Shuningdek, seminar yakunida kun tartibiga muvofiq talabalarning o‘quv mashg‘ulotlariga ishtirok etishi, to‘garaklarda faol qatnashishlari, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari yuzasidan foydali ko‘rsatmalar berildi.