Turonbank stipendiatlari qatorida institutimiz talabalar ham bor


Avval xabar berganimizdek, Turonbank o'zining eksklyuziv motivatsion loyihasi doirasida yuzlab yoshlarni o'z e'tiboriga olmoqda. 

Kuni kecha Farg‘ona bank xizmatlari markazi raxbari Shuxratxon Abdullayev, "Turonbank" ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova  tomonidan Farg'ona politexnika institutidagi bir guruh talabalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o'tamiz, endi ular ta'lim yakuniga qadar qo'shimcha stipendiya olib, oʼqishning 3 - bosqichidan bankda amaliyot oʼtashadi va bitirgandan soʼng ish bilan taʼminlanishadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti