Institutda dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv seminar mashg'ulotlari bo‘lib o‘tdi


Seminarda talabalar pasportini shakllantirishning yangi platformasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shundan so'ng, institutimizda ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish Komissiyasining navbatdagi yig‘lishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda   komissiya raisi  Yoshlar masalalari  va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori SH.Dehqonov   barcha mas’ullar taqdim etgan ma’lumotlarni tahlil qilib, ijara xonadonlarini muntazam nazorat qilib borish, tegishli Nizomga asosan arizalarni qabul qilish va har oydagi yig‘lishlarda ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar haqida asosli ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha  bir qator topshiriqlar berdi hamda  yig‘lish oxirida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek seminarda Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarining “Talabalar toifasi”  va “ Yo‘l xarita” larining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlar seminar ishtirokchilari tomonidan tahlil va muhokama qilindi. Seminarda Yoshlar masalalari  va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori SH.Dehqonov qatnashib talabalar toifasi va yo‘l xaritasi bo‘yicha tegishli maslahat hamda topshiriqlar berdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti