Farg‘ona politexnika instituti va “Fergana Global Textile” MCHJ o‘rtasida tuzilgan Memorandumi doirasida, kuni kecha institut Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabalari fakultet “Tabiiy tolalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamrohligida mazkur korxonaning yigiruv, trikotaj, to‘quv va bo‘yash korxonalariga amaliy ekskursiya tashkillandi.
Dastlab, talabalarga korxona faoliyati va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tushuntirilgach, ishlab chiqarish sexlari texnologik jarayonlari va jihozlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ayniqsa, har bir sex va bo‘limlarda talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, ushbu korxonada fakultet talabalarining malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun zaruriy sharoitlar yaratilgani ta'kidlandi.