O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Saidahror G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi


Bugun Farg'ona politexnika instituti 1-gallareyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Saidahror G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishdi. 

Akademik S.G‘ulomov “Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasida ta'lim sifatini oshirish muammolari” mavzusida ma’ruza qildi.

Yangi O'zbekiston ta'lim modelining asosi- sifatli bilim berish hisoblanadi. Shuning uchun ham so'nggi yillarda yurtimizda  oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu jarayonlarda yoshlarning o'zida ham yangicha qarash va yangicha fikrlash immuniteti shakllangan bo'lishi zarur

 — dedi akademik S. G'ulomov.

Tadbir so'nggida  ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga akademik S.G'ulomovdan javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti