Farg‘ona politexnika instutining navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Yig‘ilishda, institut rektori O‘.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi.  Mazkur yig'ilishda kun tartibidan o‘rin olgan 5 ta muhim hamda 10 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalar keng muhokama etildi.

Dastlab,  ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi  8 nafar o'qituvchilarni professor (PhD) hamda 5 nafar professorlarning fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganliklari bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikkinchi qismda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoishlarining institutda ijrosi bo’yicha Yoshlar masalalari va ma’naviyiy- ma’rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor Sherzod Dehkanov ma’ruza qildi.

Institut professor-o'qituvchilarning o'quv yilining birinchi yarmi uchun shaxsiy ish rejalarini bajarilish holatining monitoringgi to'g'risida institut o‘quv ishlari bo’yicha prorektor J.Kambarov batafsil ma’lumot berib o‘tdi. 

Ilmiy kengash kun tartibidagi navbatdagi masala, institutning 2023-yil budjetini iste'mol qilish va  2024-yil budjetining taqsimoti haqida oliygoh moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori A.Salimov to'xtalib o'tdi.

Bugungi yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti