Farg'ona politexnika institutiga Sanoat energetika guruhi (SANEG) vakillari tashrif buyurdi


Tashrif davomida Sanoat energetika guruhi (SANEG) vakillari institut majlislar zalida oliygoh rektori O'ktam  Salomov, Kimyo -texnologiyalari fakulteti dekani G'ulomqodir Mirzaqulov hamda kafedra mudirlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari, talabalar amaliyoti, “5+1”, “4+2” dasturlari va stajirovka masalalari yuzasidan samimiy suhbat olib borishdi.
Institut rektori ishlab chiqarish va ta'lim integratsiyasini yo'lga qo'yish, korxona va tashkilotlarga eng yaxshi mutaxassislarni tayyorlashda uzviy hamkorlikni jadallashtirish borasida ham o'z takliflarini bildirib o'tdi.

Suhbat davomida Kimyo-texnologiyalari fakulteti dekani G'.Mirzaqulov "Fargʻona politexnika institutida 
Sanoat energetika guruhi (SANEG) tasarrufidagi korxonalar personal xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha markaz tashkil etish" mavzusida taqdimot qildi. Taqdimot yakunida, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo'lga qo'yish masalasi ham ko'rib chiqildi. 

 Suhbatdan so'ng,  Sanoat energetika guruhi (SANEG) vakillari institutda talabalarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, yangi tashkil etilgan muzey faoliyati hamda  oliygohda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan markazlar va uning tarkibidagi spin - off korxonalari bilan ham yaqindan tanishishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti