Dastavval muhtarama ayollarimiz go‘zal musiqa sadolari ostida tantanavor kutib olindi.
Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomovning tabrik so'zlarini o'qib eshittirish uchun sahna markaziga oliygohning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektori Sherzod Dehkanov o'qib eshittirdi.
Mehmonlar san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x-shodon, kuy va navolarga monand tarzda xirom aylashdi.
—Bugun 8-mart xotin-qizlar bayrami institutimiz tomonidan chiroyli tashkillandi. Biz bundan judayam xursandmiz va ushbu bayram tashkilotchilariga, jumladan oliygohimiz rektori O’.Salomov biz ayollarni e'zozlab, ulkan imkoniyatlar yaratib berayotganliklari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi o'quv-uslubiy boshqarma noziri Shirin Saidahmatova
Tadbir so'nggida, institut fayesida bezatilgan bayram dasturxonida jam bo'lgan lobar ayol-qizlarimizning yuzlarida bugungi kundan mamnun ekanligi sezilib turardi.
Yana bir bor barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etamiz