Bugun jinoyatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlari...


Bugun jinoyatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlari, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan talabalar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i B.Abduhalilov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi K.Raximov, Ijtimoiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi I.I.Iskandarov, Katta yuriskonsult M.Latipov uchrashuvni olib bordi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi K.Raximov firibgarlik jinoyat ishlari bo‘yicha misollar keltirib o‘tdi. Firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lishi lozimligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.  

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti