Akademik Saidahror G‘ulomov institut qoshidagi akademik litsey o'quvchilari bilan suhbatlashdi


Bugun  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Saidahror G‘ulomov Farg'ona politexnika  institut qoshida tashkil etilgan akademik litsey faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, litsey o'quvchilari bilan ochiq muloqot ham tashkillanib, unda o'quvchilarga akademikning ilmiy faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Suhbat so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga akademik S. G'ulomov tomonidan javob olishdi.

Ochiq va samimiy o'tgan suhbatdan so'ng, akademik S. G'ulomov oliygohda  ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan markazlar va uning tarkibidagi spin - off korxonalari faoliyatini o'rgandi. Xususan, institutning mexanika -mashinasozlik fakulteti qoshida tashkil etilgan "FERPI MECH-TECHNO"  hamda  "FERPI RE-ENG" unitar korxonalarining yangi innovatsion loyihalari bilan tanishdi va o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti