Kuni kecha Farg‘ona politexnika instituti mexanika-mashinasozlik fakulteti qoshida tashkil etilgan “Ilmiy tadqiqot, o‘quv va ishlab chiqarish kompleksi” ga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Akademigi Saidahror Gʻulomov tashrif buyurdi. Akademik S.Gʻulomov kompleksda tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida muhim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha o‘zlarining tavsiyalarini berdilar.