Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti majlislar zalida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
Ochiq muloqotda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg'ona viloyat boshqarmasi boshlig'i Ibrohimjon Halimbekov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov, Sharqiy-harbiy okrug mas'ul xodimi Ozodjon Aminov, taniqli psixolog olim Ma'mirjon Otajonov, institut 1-prorektori Sherzod Dehkanov, dekan o'rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur ochiq muloqot davomida talaba- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni ijtimoiy tarmoqdagi xavflardan ogoh etish kabi bir necha muhim masalalar ko'tarilib, mutaxassislar tomonidan to'liq ma'lumotlar berildi.
Samimiy va bahs-munozaraga boy bo'lgan ochiq muloqotda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.