Institutda yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etishga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi


Bugun institut madaniyat saroyida Mexanika-mashinasozlik fakulteti  4-bosqich  talabalari ishtirokida Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish, jinoyatchilikni bartaraf etish hamda OITS dan ogoh bo‘lishga bag'ishlangan tadbir tashkillandi. 

Mazkur tadbirda   institut 1-prorektori Sh.Dexkanov, Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, Farg‘ona viloyati IIB JQB tezkor vakili, kapitan X.Ne’matjonov, Viloyat OITS  Markazidan SH.Yakubov va M.Karimova, mexanika-mashinasozlik  fakulteti dekan  O.S.Nazarmatov,  fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda yoshlar orasida sodir bo‘layotgan jinoyat, huquqbuzarlik, kiberjinoyat to‘g‘risida  va OITS saqlanish haqida talaba-yoshlarga tushuntirishlar berib o’tildi.

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti