O'zbekiston-Buyuk Britaniya ta'lim forumi bo'lib o'tmoqda


Ikkinchi O'zbekiston-Britaniya ta'lim forumi 2024 yil 4-5 mart kunlari bo'lib o’tmoqda. Forum O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi, Londondagi Vestminster universiteti va Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetining qo'shma tashabbusi hisoblanadi. Unda ushbu yo'nalishdagi vazifalarga samarali erishish yo'llari, xususan, transmilliy ta'lim orqali erishish kerak bo'lgan masalalar muhokama qilindi.

Mazkur forumda Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov, institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori Jamoliddin Qambarov ham faol ishtirok etmoqda.

 Tadbir davomida muhokama markazida oliy ta'lim strategiyasi, eng ilg’or amaliyotlar va hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti