Germaniyaning “GUZ Partners” loyihasida institutimiz vakillari ham faol ishtirok etmoqda


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, va  “Gesamtmasche” uyushmasi tomonidan  amalga oshirilayotgan “GUZ Partners” loyihasi doirasida Germaniya Federal Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi yetib keldi. 

Quvonarlisi bu delegatsiyada Farg‘ona politexnika instituti        Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Jasurbek Oripov ham ishtirok etmoqda. Tashrifning 1-kunida Nuyunberg shahridagi Hof university prezidendi Prof.Dr-Ing. Michael Rauch va universitet professorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. 

Uchrashuvda to‘qimchilik va yengil sanoat sohasi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar stajirovkalari, akademik mobillik, xalqaro loyihalar va konfrensiyalar va ishlab chiqarish korxonalari bilan dual ta’lim bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti