Kuni kecha "Elektr energetikasi" kafedrasi tomonidan 31 va 32-2 EE ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun "Farg‘ona issiqlik elektr markazi" AJ korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.
Bunda talabalarga elektr stansiyasining tuzilishi, ilgari ishlab chiqarilgan bug‘ turbinalari va turbogeneratorlar haqida ustozlar hamda korxonaning tegishli mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarga yangi rusumdagi gaz-turbina qurilmasi hamda korxona xududida yangi qurilgan 2 Mvt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi haqida ma’lumotlar va tushunchalar berildi. Uchrashuv natijasida talabalarda soha bo‘yicha olgan va olayotgan bilimlari mustahkamlandi. Talabalarda kelgusida shu sohada ishlab katta yutuklarga erishish xohish-istaklari paydo bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarni tashkillashda ko‘maklashgan "Farg‘ona IEM" AJ va FarPI rahbariyatiga minnatdorchilik bildiriladi.