Ochiq sayyor sud majlisida talaba-yoshlar ishtirok etdi


Bugun  Farg'ona politexnika institutining madaniyat zalida, Farg'ona viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik Shavkat Dadaxonov, Farg'ona shahar IIOFMB boshlig'i, podpolkovnik Anvarjon Mirzayev,  Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi sudyalari, Odiljon Ismoilov hamda Abrorjon Akramov,  oliygohimiz 1-prorektori Sh,Dehkanov, , Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, institutining profilaktika inspektori  X.Xomidov, fakultet dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirokida,  talaba-yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularni tahlili yuzasidan sayyor sud tashkil etildi.                                                              

Sud majlisi avvalida,  ishtirok etayotgan yoshlarga sudya tomonidan o‘g‘irlik jinoyati, uning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yoshlarni ogoh bo‘lishga, vaqtini behuda sarflamasdan, foydali ishlarga, ilm olishga, kitob o‘qishga chorladi. Chunki barcha qilmish va jinoyatlar aynan loqaydlik, ishsizlik oqibatida sodir bo‘lishi bugungi jinoyat ishida yaqqol namoyon bo‘lganligini ta’kidladi.  

Ochiq va shaffof o‘tgan sud jarayonida o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

Sayyor sud majlisida sudya sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalarini, davlat ayblovchisining fikrini, himoyachi advokatning muzokara so‘zini, sudlanuvchining muzokara va oxirgi so‘zlarini tinglab, ish materiallari bilan birga solishtirib, dalillarni tekshirib chiqib, hukm qildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti