18-may kuni Arxitektura va qurilish materiallari fakulteti TYUTORLARI hamda fakultet talabalari bilan Farg‘ona politexnika instituti hozirgi Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab nafaqaga chiqqan Farg‘ona viloyati Marg'ilon shahar, B.Naqshbandiy ko'chasi 153- uyda ziyolilar oilalasida tug‘ilgan Mirxojiyeva Osiyo Rahimovna holidan xabar olishdi.
O.Mirxojiyeva Farg‘ona politexnika institutida 1975-2015 yillargacha Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasida ishlagan.
Ustoz Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani bo'yicha 30 dan ortiq uslubiy ishlanmalar hamda kafedraning o'quv uslubiy ishlanmalar yaratishda katta xissa qo'shgan.