Avval xabar berganimizdek, institutimiz vakillari Germaniyaning “GUZ Partners” loyihasida faol ishtirok etmoqda. Loyiha ishtirokchilari Albstadt shahridagi Tikuv-trikotaj korxonalari uchun igna ishlab chiqaruvchi va mutaxasis tayyorlovchi Groz-Beckert
Academy hamda Hochschule Albstadt Sigmaringen universitetiga tashrif buyurishdi.
Mazkur oliygoh hamda institutimiz o'rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik doirasida Memorandum tuzish bo'yicha muzokora olib borildi hamda ilmiy-o'quv laboratoriyalar bilan tanishib chiqildi.
So'ngra ABA monomarkaz faoliyati o'rganildi. Hamda qadimiy Albstadt trikotaj muzeyiga tashrif buyurildi. U yerdagi sohaga oid qadimiy to'qimachilik va yengil sanoat sanoatini rivojlanish jihoz va uskunalari bilan tanishildi.