8-Mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi


Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti madaniyat saroyida ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 8-Mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Mazkur bayram tadbirda oliygohimiz 1-prorektori Sh,Dehkanov, fakultet dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab, institut 1-prorektori Sh.Dehkanov bayram munosabati bilan munis ayollarimni tabrikladi. Shundan so'ng, bayram dasturi namoyish etildi.

Mehmonlar san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x-shodon, kuy va navolarga monand tarzda xirom aylashdi. 

 Yana bir bor barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etamiz

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti