Institut rektori O'ktam Salomov talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar bilan tansihdi


Bugun Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talabalari tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

institut rektori fakultet talabasi Asadbek Zokirov tomonidan yaratilgan “Vending one” mashinasining takomillashtirilgan holatini ko'zdan kechirdi. Shuningdek,  xato va kamchiliklarini to'g'rilashi zarurligini alohida takidlab o'tdi. 

Mazkur fakultet olimlari tomonidan yaratilgan yana bir innovatsion loyiha ya'ni "Reklama qurilmasi" bilan tanishildi. Ushbu qurilmada bir vaqtda 8 ta reklama kadrlarini aylantirish imkoni mavjud bo'lib, qurilma tayyorlanishida  faqat mahaliy mahsulotlardan foydalanilgan.

Institut rektori O'.Salomov reklama qurilmasi bilan tanishish jarayonida, uning kamchiliklari va dizayniga alohida to'xtalib o'tdi hamda mas'ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.

Tez orada ushbu ikkita qurilma institutimiz professor-o'qituvchilari, xodimlar hamda talabalar uchun o'z faoliyatini boshlaydi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti