Unda institut vakillari ham ishtirok etdi. Ushbu maktab yoshlarni kasbga qiziqtirish, yangi biznesni yo‘lga qo‘yish, xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun start up loyihalar bilan faoliyat olib boradi. Hamda, ushbu maktab dunyoda yetakchi trikotaj mashinalari ishlab chiqaruvchisi Mayer&Cie kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Uchrashuv davomida hamkorlikda trikotaj ishlab chiqarishda yetakchi kadrlar tayyorlash uchun amaliyotlarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun master klasslar o‘tkazish va o'quv laboratoriya tashkil etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.