Bugun institutda tyutor va dekan o‘rinbosarlari uchun navbatdagi “Ma’rifat soati” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi


Mazkur seminarda institut 1-prorektori Sh. Dehkanov, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, profilaktika inspektori, kapitan H.Homidov, dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Seminarda har bir fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining “Talabalar toifasi”  va “ Yo‘l xarita” larining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlar seminar ishtirokchilari tomonidan tahlil va muhokama qilindi. Seminarda Yoshlar masalalari  va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori SH.Dehqonov qatnashib talabalar toifasi va yo‘l xaritasi bo‘yicha tegishli maslahat hamda topshiriqlar berdi.
 
Shuningdek, institutda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish tizimi samaradorligini oshirish masalalari alohida ko'rib chiqildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti