Italiyaning Milan shahridagi POLITECNICO MILANO 1863 universiteti Moda va dizayn maktabi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


 Uchrashuvda Xalqaro prorektor Mauro Filippini, xalqaro kordinator Anna Schonbrodt va Moda va dizayn bo'yicha kordinator  Valeria Iannilli ishtirok etishdi. 

Moda va dizayn maktabi hozirda Yevropaning mashhur brendlari uchun yangi kolleksiyalar yaratish hamda shu soxada talabalarga samarali va sifatli ta'lim berib kelmoqda. 


Ushbu maktab xorijiy va mahalliy start up loyihalar bilan  faoliyat olib bormoqda. Uchrashuv davomida ta'lim metodlari va laboratoriya jihozlari va oqitish texnologiyalari bilan tanishildi.


Hamda kelgusida xalqaro Erasmus+ loyihalari hamkorlikda tayyorlash, professor-o'qituvchilar, doktorant va tadqiqotchilar stajirovkalari hamda talabalar almashinuvi, amaliyotlari va on line va off line Treninglar o'tkazish muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti