Farg'ona politexnika institutga Xitoyning "Anttui Mulberry bio-tech Co.Ltd " kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi


Kuni kecha Farg'ona politexnika institutiga Xitoyning " "Anttui Mulberry bio-tech Co.Ltd " kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi. Institut majlislar zalida delgatsiya vakillari ishtirokida  yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda Xitoyning "Mulberry bio-tech" kompaniyasi  vakillari, Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti dekani I.Toshpulatov hamda fakultet kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastavval kompaniya vakillari o'zlarining xalqaro loyihalari haqida ma'lumot berib o'tishdi. Ushbu loyihalarni institut professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha kelishib olishdi. Shuningdek, pillachilikni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish, tut bargidan shifobaxsh ekstraktni olish kabi muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Yig'ilish yakunida institut hamda ushbu kompaniya kelgusidagi manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti