Farg‘ona politexnika institutida "15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Iste'molchi raqamli munosabatlarda” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talaba yoshlarning moliyaviy sektorda huquqiy ongini takomillashtirish, xususan keyingi vaqtlarda ommalashib borayotgan moliyaviy xizmatlar sohasida iste'molchi huquqlari buzilishi holatlari, turmushda shaxsiy moliyaviy masalalarni to‘g‘ri yuritish, moliyaviy firibgarlikdan o‘zini himoya qilish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.