Kuni kecha Farg'ona politexnika institutida “Yoshlar o‘rtasida plastik karta bilan bog’liq jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig'ilishda Farg‘ona shahar IIO FMB 2-son IIB JQB boshlig’i mayor A.Abdumalikov hamda kapitan B.Soliev, institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, oliygoh profilaktika inspektori Х.Xomidov, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan institut profilaktika inspektori kapitan X.Xomidov so’zga chiqib Farg‘ona shahar IIO FMB 2-son IIB JQB boshlig’i mayor A.Abdumalikov xamda kapitan B.Solievlarni talaba yoshlar bilan tanishtirdi. Tadbirda so’z olgan mayor A.Abdumalikov hozirda viloyat hududida plastik kartalardan pul yechib olish holatlari yuzasidan tushunchalar berdi.
Yig'ilish so'nggida talablar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.