Avval xabar berganimizdek, viloyatimizda "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha oliy ta'lim muassasalaridan saralangan sportchi talabalar ishtirok etishdi.
Quvonarli jihati shundaki, sportning shaxmat turi bo'yicha viloyat bosqichida Farg'ona politexnika instituti talabasi Xasanboy Xasanjonov faxrli 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.