“Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sohibasi munosib kutib olindi


 Ilm-fanga qiziquvchan, kamtarin Muhayyo Yo'ldoshevani tinimsiz harakatlari bugun o’z samarasini berdi. Yurtboshimizning “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qarori bilan a'lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Farg‘ona politexnika institutining Qurulish fakulteti 4- bosqich talabasi Yo'ldosheva Muhayyo Alisher qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Qurilish fakulteti dekani Sh. Davlyatov hamda oliygoh xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Lola Mamadaliyeva Muhayyo Yo'ldoshevani ushbu yuksak mukofot bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tilashdi.

 Muhayyo Yo'ldoshevani yana bir bor ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz!

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti