O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining taqsimot rejasiga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan institut hududiga mevali buta va qalamchalar ekish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 14- mart kuni, loyiha doirasida institutning ishlab chuqarishda boshqaruv fakulteti bitiruvchi kurs talabalari oliygohimiz hududiga turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekdilar.