Fargʻona politexnika institutida madaniyat zalida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor J.Kambarov boshchiligida institutimizda tashkil etilgan elita guruhlar haqida Arxitektura va qurilish materiallari fakultetining 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot tashkillandi.
Ochiq muloqotdan koʻzlangan maqsad institutda har bir fakultet ichida elita guruhlar tashkil etish, darslar professional o'qituvchilar tomonidan ingliz tilida o'tilishi va ushbu guruhlarda o'qish istagida bo'lgan talabalar uchun guruhlarda 2-kursdan oʻqishlarini davom etishlari, ingliz tilida chop etilgan kitoblar orqali mukammal kadr bo'lib yetishiga va oʻz sohasida erkin va ravon ingliz tilida ish faoliyatini yurishishga xizmat qilishi maqsad qilib o'tilganligi takidlandi.