“O‘zbekistonda Ilg‘or muhandislik maktablari: Konsepsiya va istiqbollar” mavzusidagi seminarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, respublikaning barcha davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Farg'ona politexnika institutida iliq kutib olindi.
Dastavval, talabalaridan iborat “FarPI xor” jamoasi a'zolari tomonidan institut madhiyasi yangradi. Shundan so'ng, vazir so'zga chiqib, bugungi seminar mavzusi dolzarb ekanligi hamda institutdagi "Ilg'or muhandislik maktablari" faoliyatini yaqindan o'rganish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, vazir institut talabasi Muhayyo Yo'ldoshevaning “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olgani bilan tabriklab, esdalik sovg'alarini ulashdi.
Seminar ishtirokchilari institutidagi talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun yaratilgan“Renaissance hall”, hamda “Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori”(Student oficce) o‘z faoliyatlari bilan tanishib, o‘zlari uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tanishuvdan so‘ng, “O‘zbekistonda Ilg‘or muhandislik maktablari: Konsepsiya va istiqbollar” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Respublikamizdagi 33 ta texnika oliy ta’lim muassasalari rektor hamda direktorlari ishtirok etdi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi, mamlakat iqtisodiyotining lokomotivlari bo'lgan yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan hamkorlikda ilg'or muhandislik maktablarini tashkil etish, mamlakatning texnologik, ijtimoyi va iqtisodiy rivojiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadlar tayyorlash, innovatsion mahsulotlar ko'lamini oshirish, ta'limni ishlab chigarishdan oldinga olib chiqish hamda yirik korxonalar va aholining ijtimoiy muammolariga texnologik yechimlar topishdan iborat. Shuningdek, mazkur muhandislik maktabida “muammo-tadqiqot-mahsulot” tamoyilidagi ta'lim klasteri ham amalga oshiriladi. Seminar ishtirokchilariga muhandislik maktablari faoliyatini samarali tashkil etish borasida institut rektori O‘ktam Salomov batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Seminardan so‘ng, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Vazir Q.Sharipov hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari institut hududiga manzarali ko‘chatlarni ekishdi hamda “Rektorlar bog‘i” deya nomlandi.
Bugungi seminar ishtirokchilari Farg‘ona politexnika institutida ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan 19 ta markaz hamda markazlar qoshidagi 14 ta spin-off korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Mazkur markazlarda talabalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda innovatsion loyihalar mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi. o‘zlarining ta’lim muassasalari uchun buyurtma qildirishdi. “Vending one- savdo avtomati”, “Aqlli svetaforlar”, “Veledrom”, “Reklama qurilmasi” “Havodan ichimlik suvi olish qurilmasi” va boshqa bir nechta innovatsion loyihalarga buyurtma berish masalasi ham ko‘tarildi.
Ishtirokchilarning oxirgi manzili institut qoshida tashkil etilgan “Qurilish-sinov laboratoriyasi” hamda “Ilmiy-tadqiqot, o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” faoliyati bilan tanishish bo‘ldi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.