Institutda DXSH asosida barpo etilayotgan ikkinchi 400 oʻrinli, umumiy qiymati 25,0 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 12,0 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Mazkur loyiha institut hamda “The New Grand House” MCHJ oʻrtasida davlat-xususiy sherikchilik asosida bitimga koʻra barpo etilgan boʻlib, qurulish ishlari yakunlandi. Ushbu talablar turar joyining yertoʻla qismida 100 oʻrinli oshxona va oʻquv markazi, binoning kirish qismida “book cafe”, wife zonali xonaning borligi mazkur yotoqxonaning boshqalardan ajralib turilishini taʼminlaydi. Shuningdek, talabalar turar joyining har bir xonasida talabalar uchun sharoitlar mavjud, ular uchun xonalar ichida sanuzellari ham mavjud.
Vazir o'rinbosari talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlarni ko'zdan kechirib, kerakli topshiriqlarni berib o'tdi.