Institut vakillari Turkiyaning Ege universiteti prorektor, prof. Ilkin Shengun xonim bilan uchrashdi.


Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda hamkorlikni kengaytirish, yangi yo‘nalishlarda faoliyat olib borish kabi masalalarga kelishuv bilan yakunlandi. Halqaro aloqalar bo‘limi xodimi, loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Pinar xonim boshchiligida Teri muhandisligi va To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar bilan hamkorlik doirasida institutning yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti yo‘nalishilari bo'yicha muhokamalar olib borildi. 

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, talabalar almashinuvi, ip yigiruv, to‘qimachilik, trikotaj, dizayn va charm,poyabzal, teri  texnologiyasi talabalarini amaliyotini, magistrantlar stajirovkasini universitetda tashkil etish, hamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlash,doktorant va mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilish, xalqaro konfrensiyalar o'tkazish, yangi  yo‘nalishlar uchun Erasmus + xalqaro loyihasi doirasida o‘quv me'yoriy va uslubiy ishlarini ishlab chiqish hamda joriy etish kabi kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti