Yurtimizda ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oliy ta'lim muassasalarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish borasida turli xil tadbirlar, aksiyalar o'tkazilib, yashil maskanga aylantirish uchun salmoqli ishlar bajarilmoqda.
Farg'ona politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bugungi kunga qadar 3000 dan ziyod mevali,manzarali hamda gul ko'chatlari ekilgan bo'lib, institutda ilk marotaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida "Rektorlar bog'i" tashkillandi.
Ushbu bog'ga vazir Q.Sharipov hamda Respublikamizdagi 40 dan ziyod texnika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari manzarali ko‘chatlarni ekishdi.