Bugun Farg'ona politexnika instituti majlislar zalida "Jinoyatga jazo muqarrar" nomli videoroliklar tanlov g'oliblari aniqlandi.
Ushbu jarayonda institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, Yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi I.Majidov, ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi mutaxassisidan iborat hay'at a'zolari ishtirok etishdi.
Hay'at a'zolari ishtirokchilarning videolavhalari bilan Nizom asosida tanshib chiqishdi hamda g'oliblar aniqlandi.
G'oliblar bilan tanishing
— 1-o'rin : Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti 100-22 guruh talabalari Nishonov Alisher va Yuldashev Asadbek tomonidan tayyorlangan videorolik
— 2-o'rin : Yengil sanaot va to'qimachilik fakulteti 45-20 guruh talabalari Turanov Faxriddin, Abdubanobova Oydinoy, Baxodirov Axror
— 3-o'rin: Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti 100-22 guruh talabalari Ahmadaliyeva Sarvinoz, Jo'raboyev Jamoliddin tomonidan tayyorlangan videorolik.
"Eng yaxshi videorolik" hamda "Eng yaxshi g'oya muallifi" nomli nominatsiyalar bo'yicha esa 5 ta tanlov g'oliblari aniqlandi.