Bayram dasturida, institutning barcha fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilardan iborat jamoalar tomonidan turli mavzularga bag’ishlangan povilionlar tashkil etlidi. Ushbu povilionlarda, xalqimizning tarixi, qo’l mehnati yordamida yaratilgan turli buyumlar, go’zal urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko'rinishlari, mazali taomlar, sho'x-shodon kuy-qo'shiqlar hamda o’zbegimizning milliy matolari-yu, atlas-adrasdan yaratilgan bejirim liboslari namoyish etildi.
Bu yilgi Navro'z shodiyonalari Mohi ramazonga to'g'ri kelganligi bois, pavilionlar namoyishidan so'ng, barcha iftorlik dasturxonida jam bo'lishdi va yurt obodligi uchun Qur'on tilovat qilishdi.