Bayram shodiyonalarining so'nggi qismi taqdirlash marosimi hamda ko'ngilochar dasturdan iborat bo'lib, institut 1-prorektori Sh, Dehkanov hamda o'quv ishlar bo'yicha prorektori J.Qambarov ta'lim muassasada o'tkazilgan turli xil tanlov g'oliblarini esdalik sovg'alari bilan mukofotlashdi.
Institut talabalaridan tashkil etilgan "FarPInator" hamda "Qirguli" teatr jamoasi vakillarining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.