Bugun institut 1-gallareyasida muhim masalalar yuzasidan tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi


Mazkur yig'ilishda institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig'ilishda 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash yuzasidan birikitilgan mas'ullar hamda mahalla fuqarolar yig'ini bilan hamkorlikda bajariladigan ishlar muhokama etildi. 

Ushbu jarayonda biriktirilgan mas'ul vakillar bilan institutda faoliyat olib borayotgan tyutorlarni o'zaro hamkorligini oshirish haqida kelishib olindi. Shuningdek,  talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni kunlik nima bilan shug'ullanayotganligi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish yoki jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi proflaktik tadbirlarni muntazam va hamkorlikda amalga oshirish masalalari ham ayni shu yig'ilishda belgilanib olindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti