Institutda "Axborot va tyutorlik soati mashg'ulotlari samaradorligini oshirish" mavzusida master klass tashkil etildi


Bugun Farg'ona politexnika instituti 1-gallareyasida "Axborot va tyutorlik soati mashg'ulotlari samaradorligini oshirish" mavzusida master klass bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda  1-prorektor Sherzod Dehkanov, Yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov,oliygohning barcha fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etishdi.

Mashg'ulotlar davomida institut "ijtimoiy fanlar va sport" kafedrasi o'qituvchisi A.Umrzoqov mavzu yuzasidan to'liq ma'lumot berib o'tdi. shuningdek, tyutorlarga axborot soati samaradorligini oshirish, talabalar o'rtasida kitobxonlikni kuchaytirish kabi muhim masalalar yuzasidan ham alohida ma'lumotlar berib o'tildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti