Institutda "Ushshoq" nomli sahnalashtirilgan teatr konsert dasturi o'tkazildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o'tkazilgan edi.

Ushbu yig'ilishda davlatimiz rahbari korxona va muassasalarda oyning bir kuni «Teatr kuni» deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi yo‘lga qo‘yilishi haqida ta'kidlab o'tgandi.

Mazkur topshiriq ijrosi Farg'ona politexnika institutida ham ta'minlanib, har oyning bir kuni teatr tomoshalariga bag'ishlangan.

Bugun oliygoh madaniyat saroyida Marg'ilon shahar musiqali dramma teatri tomonidan "Ushshoq" nomli sahnalashtirilgan teatr konsert dasturi o'tkazildi.

Mazkur tomoshaning asosiy g'oyasi yoshlarimizni milliy qadryatlarimiz ruhida tarbiyalashga bag'ishlangan

Shuningdek, ushbu sahna asarida O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning qo'shiqlaridan ham foydalanilgan.

Teatr tomoshasida barcha maroqli xordiq chiqarishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti