Kuni kecha Farg‘ona politexnika institute majlislar zalida ishlab chiqarish korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Farg‘onaazot”, “Kvarts”, “Farg‘ona yog‘-moy” AJ vakillari,”Optimal Impuls”, “Muslim OIL”, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ mas’ul xodimlari hamda institut o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori J.Qambarov, kimyo texnologiya fakulteti dekani G‘Mirzaqulov, fakultet kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuv davomida kimyo-texnologiya fakultetidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning amaliyotga jalb qilish va o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi hamda manfaatli kelishuvlarga erishildi.